Sergelidagi portlashdan ko‘rilgan zarar qoplab beriladi – Shavkat Umrzoqov
Jamiyat
−
28 Sentabr 2023
1237528 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri Sergeli tumanidagi "Quruvchilar" dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, Bosh vazir Abdulla Aripov yetib bordi.
“Moddiy zarar qoplab beriladi. Biz bu masalani 2-3 kun ichida hal qilamiz”, deydi poytaxt hokimi.
Tarqalgan video va rasmlarda portlash to‘lqini turar-joy, tashkilotlar, maktablar va bolalar bog‘chalari binolariga turli darajadagi zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.
“Sergeli tumanida ro‘y bergan hodisa yuzasidan savollaringiz yoki murojaatingiz bo‘lsa, 71 210-01-63 raqami orqali Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi