Portlash oqibatida 17 yoshli yigit vafot etgani aytilmoqda
3-sahifa
−
28 Sentabr 2023
1273628 sentyabr tunida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi "Quruvchilar" dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash oqibatida 17 yoshli yigit oyna siniqlari ostida qolib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq voqealar fonida Sog‘liqni saqlash vazirligi hodisada vafot etganlar yo‘qligini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘in oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filialiga olib borilgan.
“Hozirga qadar ular orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda shifokorlar tomonidan jabrlanganlarga barcha kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, davolash muassasalarida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlar va barcha zarur dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Yong‘in oqibatida voqea joyi va uning atrofidagi xonadonlarda jarohatlanganlarga ham tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanidagi "Quruvchilar" dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Portlashdan so‘ng hududda katta yong‘in yuzaga kelgan. Voqea joyida Milliy gvardiya otryadi ishlamoqda.
LiveBarchasi