“Omicron”ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
Salomatlik
−
08 dekabr 2021 40769 2 daqiqa
Koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangan bolalarda “noodatiy” toshma paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda britaniyalik shifokor Devid Lloyd “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Mutaxassisning ta’kidlshicha, “omicron” bilan kasallangan bolalarda kattalarga nisbatan simptomlarda ba’zi farqlar mavjud.
“Charchoq, bosh og‘rig‘i va ishtahani yo‘qotish kabi narsalar juda muhimdek ko‘rinadi, xuddi toshma kabi”, degan u.
Lloydning ta’kidlashicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kichik guruhida doimo toshmalar bo‘lgan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, “omicron”ga chalingan 15 foizigacha bolalarda toshma, g‘ayrioddiy toshma paydo bo‘ladi”.
Lloydning qo‘shimcha qilishicha, shifokorlar asta-sekin virusning ushbu shtammi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqda.
“Umid qilamizki, bu variant “delta” kabi halokatli emas va biz bunga dosh bera olamiz. Lekin vaziyat xavotirli”, deya xulosa qilgan mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 27 ta davlat hududida aniqlangan.
Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetiga chap berib o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.
Avvalroq Janubiy Koreyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi va uning oila a’zolari koronavirusning "omicron" shtammiga chalingani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "omicron" Rossiyaga ham kirib keldi.
Ma’lumot uchun, Amerikaning Johnson & Johnson (J&J) kompaniyasi “omicron”ga qarshi vaksina yaratish ustida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi