Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Namanganda maktab o‘quvchilari ijaraga olingan Nexia bilan avariyaga uchradi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 aprel kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 aprel kuni soat 17:10 lar atrofida Porloq mahallasi Islom Karimov ko‘chasida Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasdan turib, Nexia-3 rusumli avtomobilini boshqargan, harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan SHACMAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Bildirilishicha, oqibatda Nexia-3 haydovchisi va old o‘rindiqdagi sinfdoshi og‘ir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 11-sinf o‘quvchisi avtomobilni 9-sinf o‘quvchilariga 2 soatga, 220 ming so‘m evaziga ijaraga bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Lacetti mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan maktab o‘quvchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Davlatobod Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing