Namanganda maktab o‘quvchilari ijaraga olingan Nexia bilan avariyaga uchradi
3-sahifa
−
05 aprel
10625Joriy yilning 2 aprel kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 aprel kuni soat 17:10 lar atrofida Porloq mahallasi Islom Karimov ko‘chasida Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasdan turib, Nexia-3 rusumli avtomobilini boshqargan, harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan SHACMAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Bildirilishicha, oqibatda Nexia-3 haydovchisi va old o‘rindiqdagi sinfdoshi og‘ir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 11-sinf o‘quvchisi avtomobilni 9-sinf o‘quvchilariga 2 soatga, 220 ming so‘m evaziga ijaraga bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Lacetti mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan maktab o‘quvchisi vafot etgandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel