Namanganda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
08:19 871 1 daqiqa
Namangan viloyatining Chust tumanida qalbaki 10 ming dollarni sotayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda Chust tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSH dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) qalbaki pullarni yasash va sotish bilan shug‘ullangan transmilliy guruh faoliyatini to‘xtatgandi.
Live
Barchasi