Makron Venesuela muxolifatining yetakchisi Machado bilan uchrashdi
Olam
−
14 aprel 1769 2 daqiqa
Kecha, 13 aprel kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Pravda” xabar berdi.
Uchrashuvda Venesuelada demokratik va tinch siyosiy o‘tish jarayoni masalasi muhokama qilingan.
Makronning aytishicha, tomonlar erkinlikka sodiqlik va xalq irodasini hurmat qiladigan demokratik o‘zgarishlarga erishish muhimligini muhokama qilgan.
Machado hozirda Venesueladan tashqarida bo‘lib, u o‘tgan yil dekabr oyida Tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofotini olish uchun mamlakatni tark etgan va hozir Yevropa bo‘ylab safarda yuribdi.
Shu bilan birga, Venesuelada unga nisbatan tergov olib borilmoqda. Mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges Machado AQSHning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun javob berishi kerakligini aytgan.
Venesuela parlamenti rahbari Jorge Rodriges esa xorijiy aralashuvni qo‘llab-quvvatlash amnistiya qonuniga kirmasligini bildirgan, biroq Machado mamlakatga qaytsa, hibsga olinadimi yoki yo‘q – bu borada aniq javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi Tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofoti venesuelalik muxolifatchi Mariya Korina Machadoga “Venesuela xalqi uchun demokratik huquqlarni ilgari surish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlari” uchun berilgan edi. Ammo u o‘z mukofotini AQSH Prezidenti Donald Trampga topshirdi.
“Nobel” qo‘mitasi shu hafta boshida medalning topshirilishi Tramp avtomatik ravishda Tinchlik mukofoti sovrindori bo‘lishini anglatmasligini aytib chiqdi. “Medal egasini o‘zgartirishi mumkin, ammo tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Live
Barchasi