Maduro Amerika qamoqxonasida Qur’on va Injil öqiyapti – OAV

Olam

−

image

Bruklin federal tergov hibsxonasida saqlanayotgan Venesuelaning öğirlangan prezidenti Nikolas Maduro böş vaqtining katta qismini Injil, Qur’on va falsafiy adabiyotlarni öqiş bilan ötkazmoqda. Bu haqda uning saqlaniş şaroiti bilan taniş olti nafar manbaga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Gazeta ma’lumotlariga köra, 63 yoşli Maduro din vakillari, jumladan, katolik ruhoniysi va ravvin bilan muntazam muloqot qilib turadi.

Avvalroq, siyosatçi uning ajdodlari orasida Niderlandiya Antil orollaridan Venesuelaga köçib kelgan sefard yahudiylari bölganini aytgan. Prezidentlik davrida Maduro özini katolik sifatida körsatgan, yevangelist (nasroniylikning protestantlik yönalişiga mansub diniy oqim a’zolari) jamoalar bilan aloqalarni qöllab-quvvatlagan va hindistonlik Satya Sai Baba ta’limotiga qiziqqan.

Hibsdagi vaqti davomida sobiq prezident sezilarli darajada ozgan. NYT manbalari vazn yöqotişni, jumladan, u bir neça bor şikoyat qilgan qamoqxona ovqatlarining sifati bilan boğlamoqda. Hibsga olingunga qadar Maduro paleodiyetaga amal qilgan.

Naşr ma’lumotlariga köra, uning rafiqasi Siliya Floresda soğliq bilan boğliq yanada jiddiy muammolar yuzaga kelgan.

Sud hujjatlariga muvofiq, 70 yoşli Flores 11 kilogrammdan ortiq vazn va ikkita tişini yöqotgan. Unga kökrak qafasidagi oğriqlarga qarşi dori-darmonlar tayinlangan, advokatlar esa iyul oyida u yengil yurak xurujini boşdan keçirgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Uşbu taxminning tibbiy tasdiği mavjud emas.

Himoya tomonining sözlariga köra, Flores qariyb uç oyni bir kişilik kamerada ötkazgan, sutkasiga uç-tört soat uxlaydi hamda mahbuslar muştlaşuvini töxtatiş vaqtida qöriqçilar qöllagan qalampirli aerozol ta’siriga tuşib qolgan.

Eslatib ötamiz, Maduro va uning rafiqasi joriy yil 3 yanvar kuni Amerika harbiylarining Karakasdagi operatsiyasidan söng hibsda saqlanmoqda. Ular AQŞda qöyilgan ayblovlarni, jumladan, narkotrafik bilan boğliq ayblovlarni rad etmoqda.

Sud muhokamasi 2027 yil iyun oyiga belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing