Toshkentda xitoylik erkakni o‘ldirgan talabaga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
14 noyabr 2023 19369 1 daqiqa
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida xitoylik erkakni rashk sabab o‘ldirgan talaba qiz 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ`ga xabar berdi.
Gap shundaki, Toshkentda 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan xitoylik 38 yoshli erkakni rashk tufayli pichoqlab, qasddan o‘ldirgan. Ma’lum qilinishicha, o‘sha vaqtda qiz psixotrop modda ta’sirida bo‘lgan.
Kecha, 13 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchiga nisbatan yakuniy hukm o‘qildi. Unga asosan, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor, deb topildi va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida mazkur holat aniqlangandan so‘ng, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi qiz protsessual tartibda ushlangandi.
Live
Barchasi