Imomali Rahmon amaldorlarga kamida ikkita chet tilini o‘rganishni buyurdi

Olam

image

Kecha, 12 fevral kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon respublikaning barcha viloyatlari sudyalarini lavozimidan ozod qilish va tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi hamda yangi kadrlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tojikiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi

Imomali Rahmon yig‘ilishda kasbiy mahoratni oshirish, milliy qonunlar va xalqaro huquq normalarini o‘zlashtirish, tilni bilish kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, Prezident har bir davlat xizmatchisi davlat tilini yuqori saviyada, kamida ikkita chet tilini bir xil darajada bilishi shartligini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan adliya tizimi xodimlariga va barcha davlat xizmatchilariga chet tillarini chuqur o‘rganish uchun bir yil muddat berish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, jinoyat ishlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholining ariza va shikoyatlariga tegishli e’tibor qaratish, huquq-tartibotni ta’minlash, qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan qat’iy topshiriqlar berilgan.

“Vijdonli va halol, xushmuomala bo‘ling, chunki jamiyatda inson xalqqa xolis xizmat qilish orqaligina izzat va hurmatga erisha oladi”, degan Tojikiston Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Imomali Rahmon xorijdagi tojikistonlik muhojirlar o‘limidan xavotir bildirgan va bunga mamlakat rahbariyati faqat o‘zini o‘ylayotgani sabab bo‘lganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing