Germaniya va’da qilgan Leopard 2 tanklari Ukrainaga yetib keldi – “Der Spiegel”
Olam
−
27 mart 2023 10830 1 daqiqa
Germaniya hukumati Kiyevga topshirishga qaror qilgan Leopard 2 tanklari Ukrainaga etib keldi. Bu haqda "Der Spiegel" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanklarni yetkazib berish haqidagi qaror qabul qilinganidan taxminan ikki oy o‘tib ular Ukrainaga yetib kelgan. Avvalroq, joriy yilning yanvar oyida Germaniya Ukrainaga 19 ta Leopard 2 tanklarini jo‘natishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mamlakat boshqa davlatlarga ham Ukrainaga Leopard'larni yuborishga ruxsat bergan.
Xususan, Polsha Leopard 2 tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi. Shu yilning 24 fevralida Polshadan Ukrainaga Germaniyada ishlab chiqarilgan tanklarning birinchi partiyasi yuborildi. Kanada esa fevral oyi boshida Ukrainaga birinchi Leopard 2 tankini jo‘natgan.
Bundan tashqari, Ispaniya ham Ukrainaga 6 tagacha Leopard 2A4 tanklarini berishni o‘ylayotgani haqida ma’lum qilingandi.
Nodirjon Madaminov
Live
Barchasi