Erdo‘g‘an To‘qayevga mashina sovg‘a qildi
Olam
−
03 noyabr 2023 9608 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga Turkiy Davlatlar Tashkilotining Ostonadagi sammitidan so‘ng Turkiyaning TOGG elektromobilini sovg‘a qildi. Bu haqda To‘qayev matbuot xizmati xabar berdi.
“Hurmat belgisi sifatida Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlatimiz rahbariga Turkiyada ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilini sovg‘a qildi. Turkiya rahbari shaxsan Qosim-Jomart To‘qayevga yangi elektromobilni ko‘rsatdi”, deyiladi matnda.
Qozog‘iston Prezidenti o‘z hamkasbini elektromobillar seriyali ishlab chiqarish muvaffaqiyatli boshlangani bilan tabriklagan va sovg‘a uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-18 iyul kunlari Saudiya Arabistoni va Qatarga borgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga ham Togg elektromobilini sovg‘a qilgan edi. Keyin u BAAda mehmon bo‘lib, BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga ham ushbu avtomobilni olib bordi. Bundan avval ushbu elektromobil O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevga sovg‘a qilingandi.