Epshteynning vorisi jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi
Olam
−
20 fevral 7060 1 daqiqa
Voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynning huquqiy vorisi va uning ikki hamkori qariyb 40 nafar jabrlanuvchiga 35 million dollargacha kompensatsiya to‘lashga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni “Bloomberg” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv rejasi qolgan barcha da’volarni hal etishni ko‘zda tutadi. U Nyu-York sudi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Bir muddat oldin Epshteyn ishi doirasida 136 nafar da’vogarga jami 121 million dollar tovon puli to‘langan. Yangi kelishuv ana shu to‘lovlardan keyin amalga oshiriladi.
2026 yil yanvar oyida AQSH Bosh prokurori o‘rinbosari Todd Blansh Epshteiy ishi bo‘yicha materiallarni oshkor qilish jarayoni yakunlanganini ma’lum qilgandi. E’lon qilingan hujjatlar hajmi 3,5 million sahifadan oshgan.
Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn 2019 yilda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan. U o‘sha yilning iyul oyida qamoqxonada vafot etgan. Tergov organlari moliyachining o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ning ukasi shahzoda Endryuni Jeffri Epshteyn bilan aloqalari sabab hibsga olgandi.
Live
Barchasi