Bosniyada qariyalar uyi yonib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 4 noyabr kuni Bosniya shimolidagi Tuzla shahridagi qariyalar uyida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin kishi jarohat olgan. Bu haqda Bosniya politsiyasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 19:45 atrofida yong‘in eski to‘qqiz qavatli binoning yettinchi qavatini qamrab olgan, olov va tutun yuqori qavatlardan osmonga ko‘tarilgan. Hozircha yong‘inning sababi aniqlanmagan.

Mahalliy OAVga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi nogiron bo‘lib, qutqarilganlar favqulodda yordam ekipajlari tomonidan yuqori qavatlardan pastki qavatlarga ko‘chirilgan. Jarohatlanganlarning ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Politsiyaga ko‘ra, jabrlanganlarning shaxsi bugun, 5 noyabr kuni kechroq aniqlanadi va yong‘in sabablarini tekshirish imkon paydo bo‘lgandan keyin boshlanadi.

Qariyalar uyi bayonotida aytilishicha, hokimiyat ushbu fojiali hodisaga sabab bo‘lgan holatni aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bosniya va Gersegovinaning ikki sub’ektidan biri bo‘lgan Serb Respublikasi hukumati Tuzla shahriga yordam taklif qilgan.

“Biz og‘riqni his qilamiz va har doim yordam berishga tayyormiz”, deydi Serb Respublikasi Bosh vaziri Savo Minich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda “Iberotel Crown Empress” nomli sayyohlik kruiz laynerida yong‘in sodir bo‘lgandi. Kema bortidan 200 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in qariyalar uyi Bosniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing