Armaniston ham SHHTga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Shanxay hamkorlik tashkilotining asosiy tamoyillari, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligi bilan o‘rtoqlashgan holda, Armaniston Respublikasi SHHTga a’zo bo‘lish istagini bildirdi”, deyiladi Armaniston TIV bayonotida.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yilda tashkil etilgan. Tashkilotga o‘nta davlat kiradi: Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Belarus (2024 yildan). SHHTga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining uchrashuvi 2025 yil avgust oxiri – sentyabr oyi boshida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 11 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti arafasida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya SHHTga a’zo bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing