Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

AQSHda suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning markaziy shtatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Suv toshqinlari kuchli yomg‘irlar va 5 aprel kuni kuchaygan bo‘ronlar tufayli yuzaga kelgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ba’zi hududlardagi daryolarning sathi yaqin kunlarda yanada oshishi kutilmoqda. Ogayo daryosining sathi 24 soat ichida 1,5 metrga ko‘tarilgan va bu ko‘tarilish davom etishi mumkin. Kentukki shtatidagi eng katta shahar bo‘lgan Luisvill shahrining meri Kreyg Grinbergning taxminlariga ko‘ra, bu toshqin shahar tarixidagi eng kuchli toshqinlardan biri bo‘lmoqda. Kentukki bo‘ylab yo‘llar toshqin suvi, ag‘darilgan daraxtlar, shuningdek, yer ko‘chishi oqibatida yurish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan.

Shuningdek, Arkanzas, Mississipi va boshqa shtatlarda halokatli bo‘ronlar ro‘y bergan. 2 apreldan boshlab, Kentukkining ba’zi hududlarida 30 santimetrdan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan, Arkanzas va Missuri shtatlarida esa 20 santimetrdan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan. AQSHning Milliy meteorologiya xizmati yo‘llar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma ob’ektlarining suv toshqinlaridan zarar ko‘rish xavfi haqida ogohlantirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQSHning O‘rta, G‘arbiy va Janubiy hududlarida sodir bo‘lgan kuchli tornadolar oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgandi. O‘shanda mamlakatda 75 ga yaqin tornado qayd etilgan. Eng ko‘p Alabama, Arkanzas, Oklaxoma, Texas, Missuri va Missisipi shtatlari jabr ko‘rgan. Xususan, Missuri shtatida 12 kishi halok bo‘lgan. Texas va Kanzas shtatlarida esa kuchli shamollar chang bo‘ronlarini keltirib chiqargan. Oqibatda yo‘l-transport hodisalari yuz berib, o‘nlab odam halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh suv toshqini kuchli yomg'ir Missuri Arkanzas Mississipi Ogayo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing