Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2025 5126 1 daqiqa
Kecha, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:14 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 ball. Magnitudasi 6. Chuqurligi: 225 km. Epitsentr: Badaxshon, Afg‘oniston. Koordinatalari 36,48 daraja shimoliy kenglik, 71,09 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 3 ball, 349 km.
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 438 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 489 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 492 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 493 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 536 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 556 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 7 balli zilzila sodir bo‘lib, uning tebranishi O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida ham sezilgandi.
Live
Barchasi