Abbosbek Fayzullayev uylanyapti (video)
Sport
−
11:32 16149 2 daqiqa
Bugun, 7 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. To‘y marosimi Abbosbekning tug‘ilib o‘sgan joyi Sirdaryo viloyatida hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi nikoh marosimini ovoza qilishni istamagan. Hattoki, 5 iyul kuni Sirdaryoda o‘tkazilgan to‘yning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ba’zi kadrlari ham o‘chirib tashlangan. Abbosbek Fayzullayev kamtarona to‘y marosimi bo‘lishini istagan bo‘lishi mumkin.
Biroq mamlakatning eng yorqin futbolchilaridan bo‘lgan Fayzullayevning omma e’tiboridan chetda qolishi qiyin masala. Shu sababli tarmoqlarda bugun, 7 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan to‘y marosimining ba’zi videolari tarqaldi. Kadrlarda Abbosbekning to‘yiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligida Ravshan Ermatov, Bahodir Jalolov, Oybek Qosimov hamda Murodjon Ahmadaliyevlardan iborat yulduzli mehmonlar tashrif buyurganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, marosimda milliy terma jamoaning yosh legioner himoyachisi Abduqodir Husanov ham ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev yaqindagina O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Amerika qit’asida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida ishtirok etib, jamoaning tarixiy, birinchi goliga mualliflik qilgandi. Uning mundialdagi ishtiroki quvonarli yakunlanmagan bo‘lsa-da, “Oq bo‘rilar” safida to‘p tepgan qanot hujumchisi Abbosbekning bahslardagi harakati alohida e’tirof va e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Live
Barchasi