HAMAS yanglishilgan jasadni Isroilga topshirdi

Olam

image
HAMAS garovdagi 6 kishi va 4 jasadni Isroilga qaytaradi north_east

HAMAS garovdagi 6 kishi va 4 jasadni Isroilga qaytaradi

Kecha, 21 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati isroillik garovga olingan Shiri Bibasning jasadini ikkinchi bora Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jasad topshirilgandan so‘ng, politsiya Bibasning jasadini tekshirish maqsadida Tel-Avivdagi Cud-tibbiyot institutiga olib ketgan. Jasadning shaxsi aniqlangandan keyin Isroil rasmiylari tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Shiri 2023 yilning noyabr oyida ikki o‘g‘li va to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan birga “shafqatsizlarcha” o‘ldirilgan.

Uning shaxsi oydinlashgandan so‘ng ayolning oilasi ham ma’lumot bergan.

“Bizning Shiri asirlikda o‘ldirilgan. Shiri ajoyib ona, fidoyi opa, xola va aql bovar qilmaydigan do‘st edi”, deydi uning qarindoshlari.

HAMAS harakati bu xabarlarga hozircha izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 fevral kuni HAMAS 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga hujum chog‘ida garovga olingan 4 kishining jasadini Isroilga qaytargandi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Isroil armiyasi HAMAS tomonidan topshirilgan jasadlardan biri garovga olingan Shiri Bibas emas, balki noma’lum shaxsga tegishli ekanini ma’lum qilgandi. Isroil qabul qilingan jasadlarni Milliy sud-tibbiyot markaziga yuborgan. Tekshiruvlarda jasadlardan biri noma’lum va Shiri Bibasga tegishli emasligi aniqlangan. Bolalarning DNK namunalari qaytarilgan ayolniki bilan mos kelmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin HAMAS Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi Shiri Bibas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing