Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Isroil qabul qilgan jasadlardan biri noma’lum shaxsga tegishli ekani aniqlandi

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 20 fevral kuni HAMAS 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga hujum chog‘ida garovga olingan 4 kishining jasadini Isroilga qaytargandi. Isroil armiyasi HAMAS tomonidan topshirilgan jasadlardan biri garovga olingan Shiri Bibas emas, balki noma’lum shaxsga tegishli ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qaytarilganlar orasida 33 yoshli Shiri Bibas, uning o‘g‘illari (2 yoshli Kfir va 5 yoshli Ariel) va 83 yoshli Oded Lifshits bo‘lishi kerak edi. Isroil qabul qilingan jasadlarni milliy sud-tibbiyot markaziga yuborgan. Tekshiruvlarda jasadlardan biri noma’lum va Shiri Bibasga tegishli emasligi aniqlangan. Bolalarning DNK namunalari qaytarilgan ayolniki bilan mos kelmagan.

“Bu HAMAS tomonidan o‘ta shafqatsiz qoidabuzarlik bo‘lib, kelishuvga ko‘ra u to‘rt nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarni qaytarishga majbur. Biz HAMASni Shiri Bibas va o‘g‘irlanganlarning barchasini qaytarishga chaqiramiz”, deydi Isroil armiyasining vakili Avichai Adrai.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv garovga olinganlarni ozod qilish va qurbonlarning jasadlarini qat’iy ravishda oldindan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq qaytarishni nazarda tutadi. 

HAMAS jasadlarni ommaviy namoyishda topshirgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish buni qattiq qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi. 1 fevral kuni HAMAS garovdagi 3 nafar isroillikni,Isroil esa 83 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Shuningdek, 8 fevral kuni HAMAS garovga olinganlarni almashish bo‘yicha kelishuvning beshinchi bosqichi doirasida Qizil Xochga uch nafar garovga olingan isroillikni topshirdi. Isroil esa HAMAS 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing