Isroilda parlament saylovlari bölib ötmoqda
Olam
−
15:54 375 2 daqiqa
Isroilda 2023 yil 7 oktyabrda Falastinning HAMAS harakati tomonidan uyuştirilgan hujumdan keyingi ilk parlament saylovlarida ovoz beriş boşlandi. Saylov uçastkalari bugun, 27 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da oçildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, butun mamlakat böylab 12 000 dan ortiq saylov uçastkasi oçilgan. Fuqarolar Knessetning 120 nafar deputatini saylaşi kerak. Hukumatni şakllantiriş uçun siyosiy blok kamida 61 nafar parlament a’zosining qöllab-quvvatlaşiga erişişi zarur.
Saylovoldi sörovnomalarining aksariyati amaldagi Boş vazir Binyamin Netanyaxu koalitsiyasi parlamentdagi köpçilik örinni yöqotişi mumkinligini körsatmoqda. Şu bilan birga, muxolifat blogiga ham mustaqil ravişda hukumat tuziş uçun mandatlar yetişmasligi mumkin. Netanyaxuning asosiy raqibi sifatida markazçi “Yaşar” partiyasiga rahbarlik qilayotgan Isroil Boş ştabining sobiq rahbari Gadi Ayzenkot e’tirof etilmoqda.
Saylovoldi kampaniyasi 2023 yil oktyabridagi HAMAS hujumi oqibatlari, Ğazo sektoridagi uruş va Eron bilan nizo manzarasida ötmoqda. Netanyaxu, şuningdek, korrupsiya böyiça uçta iş yuzasidan sud jarayonida iştirok etişni davom ettirmoqda.
Keça, 26 oktyabr kuni CNN Netanyaxu AQŞ Prezidenti Donald Trampni parlament saylovlariga qadar Eronga qarşi yangi qöşma harbiy operatsiya ötkazişga köndirişga uringani haqida xabar bergan. Telekanal manbalariga köra, Amerika yetakçisi uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan.
Joriy yilning 18 oktyabr kuni Tramp saylovlar oldidan Netanyaxuni oçiqçasiga qöllab-quvvatlagan. Bunga javoban Ayzenkot kelajakdagi boş vazir haqidagi qarorni faqat Isroil fuqarolari qabul qilişi kerakligini bildirgan.
“Zman Yisrael” portali tomonidan 15 oktyabr kuni e’lon qilingan saylovoldi sörovnomasi ma’lumotlariga köra, muxolif partiyalar Knessetda 54 ta öringa, Netanyaxu koalitsiyasi 49 ta, arab partiyalari esa 13 ta mandatga umid qilişi mumkin edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr