Ölim va kasalliklar xavfi. Ğazoda 70 ming çodir suv ostida qoldi
Tahlil
−
11 Noyabr 352 8 daqiqa
Bir neça kunlik yomğir minglab oilalarni boşpanasidan ayirgan bir paytda, Ğazo aholisi kimdan yordam kutmoqda? Xalqaro taşkilotlar bunga qanday çoralar köryapti? Isroil esa bu borada qanday yöl tutmoqda? Eng muhimi, Ğazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari çegaradan ötkazilmayaptimi? Yoki çegara-tekşiruv işlari çözilyaptimi?
Joriy yil 6 noyabr oqşomida boşlangan yomğir hafta oxirigaça davom etdi. Kuçli şamol va jala Ğazoning barça beş ma’muriy hududiga zarar yetkazdi. Dastlabki 12 soat içida 70 mingta çodir suv ostida qolgani haqida Ğazo hukumatining matbuot idorasi xabar berdi. 8 noyabr holatiga köra, gumanitar taşkilotlarga 26 mingdan ortiq oiladan boşpanasi yoki uy-rözğor buyumlari zarar körgani haqida murojaat kelib tuşgan. 6 mingdan ortiq oilaviy boşpana butunlay vayron bölgan, yana 17 ming 400 dan ortiği şikastlangan. Taxminan 600 oila esa yana köçişga majbur bölgan.
Ayrim hududlarda suv sathi 1,5 metrga yetgan. Ğazo fuqaro mudofaasi xizmati esa 7 noyabr kuni favqulodda yordam bölimlariga 2 ming 166 ta murojaat kelib tuşganini bildirgan. Qutqaruvçilar şulardan atigi 218 tasiga bevosita javob bera olgan. Qolgan köplab murojaat qiluvçilarga telefon orqali körsatma berilgan. Demak, ayrim oilalar suv içida qolganida ularni qutqarişga yetib borişning özi ham muammoga aylangan.
Ğazoda “vaqtinçalik” degan tuşunçaning özi allaqaçon ma’nosini yöqotgan. Bu yerda çodirlar şunçaki yomğir va sovuqdan pana qiluvçi vosita emas, u kimningdir uyi, oşxonasi, yotoqxonasi, hatto bolalari ulğayayotgan yagona maskaniga aylangan.
Bu manzaraning ibtidosi esa 2023 yil 7 oktyabrga borib taqaladi. HAMASning Isroil janubiga uyuştirgan hujumidan söng Isroil Ğazo sektorida keng kölamli harbiy amaliyot boşladi. Ikki tomon örtasidagi uruş butun hudud hayotini izdan çiqardi. Bombardimonlar, jangovar harakatlar va aholini evakuatsiya qiliş haqidagi buyruqlar natijasida yuz minglab oilalar uyini taşlab ketişga majbur böldi.
Ma’lumotlarga köra, uruş davomida Ğazodagi kamida 1,9 million kişi – aholining qariyb 90 foizi öz uyini tark etişga majbur bölgan. Ayni paytda esa insonlar uçinçi, hatto törtinçi qiş mavsumini ham şu çodirlarda qarşi olişga majbur bölmoqda.
Bu yomğir faqat kiyim-keçak va oziq-ovqatni yaroqsiz holga keltirmadi, balki insonlarning hayotiga ham zomin böldi. BMTning OCHA boşqarmasi 8 noyabr holatiga köra tayyorlagan hisobotida yomğir oqibatida bir çaqaloq çökib halok bölgani haqida xabar berdi. Şuningdek, Deyr al-Balah ğarbidagi Al-Berka hududida qum tepaligi çodirlar ustiga qulab tuşgan. Ma’lumotlarga köra, bu hodisada beş kişi – uç bola va ikki ayol halok bölgan. 9 noyabr kuni “Reuters” yana bir qumli qiyalikning çodirlar ustiga qulaş oqibatida bir ayol va uning uç farzandi – 8, 6 va 4 yoşli bolalar halok bölgani haqida xabar berdi. Yana olti kişi jarohatlangan.
Bu hodisalar yomğir paytida Ğazodagi köçirilgan oilalar nafaqat suv toşqini, balki qum köçişi va avvaldan şikastlangan binolarning qulaş xavfi ostida ham yaşayotganini körsatadi. OCHA ma’lumotiga köra, Ğazoda hamkor taşkilotlar kamida 4 mingta yuqori xavfli bino mavjudligini aniqlagan. Ya’ni ayrimlar çodirda suv bilan kuraşayotgan bir paytda, boşqalar boşpana izlab kirgan binosi qulab tuşişidan xavotirda.
“Men ön nafar farzandning onasiman. Beş oy oldin çodirim butunlay yonib ketdi. Yaxşiyamki insonlar menga çodir berişdi, lekin biz bu çodirni yirtib qöydik. Bolalarim keçqurun boşqa qöşni çodirda tunaşdi. Tunaş oldidan qöşnim menga bu yirtiq brezentni berdi. Biz uni tortib boğlab, boşpana qildik. Xudo bizning holimizni, ahvolimizni va şaroitimizni biladi. Har kuni çayonlar, har kuni kemiruvçilar, siçqonlar… Töğrisini aytsam, vaziyat juda yomon. Har safar yomğir yoğsa, yuragim qörquvga tuşadi. Mana, biz uçun uçinçi qiş. Ötgan qişda biz suvga ğarq böldik”, deya közida yoş bilan gapini yakunladi ayollardan biri.
Bu fojiada hatto erkaklar ham qöllaridan heç narsa kelmayotganidan, farzandlari va oilasini qutqara olmayotganidan özlarini ayblamoqda.
“Bizga rahm qiling, ey odamlar! Biz hozir Mina lagerida yaşayapmiz. Bu lager köplab çodirlardan iborat. Bu yerda taxminan 1 700 ta oila yaşaydi. Ahvolimizni köring. Keling, marhamat, bolalarimiz qanday ahvolda ekanini köring. Körpaçalarimiz qandayligini köring”, deydi u.
Yomğirning oqibatlari faqat boşpanalar bilan çeklanmaydi. Ğazoda kanalizatsiya va drenaj tizimlari uruş davrida jiddiy zarar körgan. Şu sababli ayrim hududlarda yomğir suvi oqova suv bilan aralaşgan. Bunday şaroitda höl joyda yaşaş, iflos suvdan foydalaniş va sovuqda qoliş insonlarni turli kasalliklarga duçor qilişi, jumladan, nafas yöllari infeksiyalari, teri kasalliklari va iç ketişi bilan boğliq xavflarni kuçaytirişi mumkin.
Yomğir tibbiyot muassasalariga ham zarar yetkazgan. Ayrim klinikalarni suv bosgan, tibbiy punktlarning çodirlari va tom yopmalari şikastlangan. “Médecins du Monde” taşkiloti ma’lumotiga köra, suv bosgan yöllar va harakatlanişdagi qiyinçiliklar sabab tibbiy maslahatlar soni 54 foizga kamaygan.
Demak, kasal bölgan inson şifokorga borişi kerak, ammo yöl suv ostida. Şifokor yordam berişi kerak, ammo tibbiyot punkti ham zarar körgan. Ğazoda yomğir bilan birga tibbiy yordamga yetib boriş muammosi ham yanada keskinlaşgan.
Xöş, bunday vaziyatda xalqaro taşkilotlar nima qilmoqda?
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi – OCHA yomğir boşlanişidan avval ham Ğazoda yuz minglab odamlar eskirgan çodirlar va vaqtinçalik boşpanalarda yaşayotganini bildirgan. Taşkilotning 5 noyabrdagi hisobotiga köra, qişki mavsum oldidan Ğazoga taxminan 121 mingta çodir, 561 mingta brezent, 57 mingta favqulodda boşpana ta’mirlaş töplami va 1,7 millionta matras zarur bölgan. Ammo Ğazoning özida bor-yöği 2 ming 800 ta çodir zaxirasi qolgan edi.
Eng e’tiborli jihati, OCHA’ning 9 noyabrdagi hisobotida gumanitar taşkilotlar va donor davlatlar sotib olgan 150 mingdan ortiq çodir Ğazo taşqarisida, jönatişga tayyor holatda turgani aytilgan. Şundan qariyb 117 mingi Misrning Al-Ariş şahrida bölgan.
Ya’ni, çodirlar sotib olingan, yordam taşkilotlari ularni yetkazişga tayyor. Ammo ularni Ğazoga olib kiriş uçun ruxsatlar va logistika masalalari hal qilinişi kerak.
Suv toşqinidan keyin UNICEF ham yordam işlarini kuçaytirdi. Taşkilot ma’lumotiga köra, kamida 10 ming nafar bolaga qişki kiyim va issiq körpalar yetkazilgan. Şuningdek, 50 dan ortiq hududda yomğir va oqova suvlarini çiqariş, sanitariya tizimlarini tozalaş işlari olib borilgan. Biroq bu yordamlar hamon barça ehtiyojmand oilalarni qamrab olgani yöq.
OCHA suvni çiqariş uçun mobil nasoslar, vakuum maşinalari, şlanglar, yoqilği, ehtiyot qismlar va oğir texnikalar zarurligini ham bildirgan. Xalqaro taşkilotlar fikriça, faqat yangi çodir tarqatiş yetarli emas. Suvni çiqariş, kanalizatsiya tizimini tiklaş, şikastlangan boşpanalarni ta’mirlaş va odamlarni xavfsiz hududlarga köçiriş ham zarur.
Isroil qanday yordam beryapti?
Biroq Isroil tomoni vaziyatga oid boşqa ma’lumotlarni keltirmoqda. Isroil armiyasi va hududlardagi hukumat faoliyatini muvofiqlaştiruvçi COGAT taşkiloti 6 noyabr kuni qişki mavsumga tayyorgarlik işlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Ularning bayonotiga köra, qişki yordam dasturi boşlanganidan buyon Ğazoga 91 mingdan ortiq çodir va qişki yordam vositalari ortilgan 8 ming 200 dan ortiq yuk maşinasi kiritilgan. Ular orasida brezent, körpa, qişki kiyim-keçak va boşqa zarur buyumlar borligi aytilgan. Şuningdek, sanitariya işlariga yordam beriş uçun 12 ta oqova suv söruvçi maşinaning kirişiga ruxsat berilgani bildirilgan.
Isroil tomoni ayrim gumanitar yuklarning kiritilişi xavfsizlik nuqtai nazaridan tekşirilişini ta’kidlaydi. Ularning fikriça, ayrim texnik vositalardan ikki maqsadda foydalaniş mumkin, ya’ni ular harbiy maqsadlarga ham xizmat qilişi ehtimoli bor.
Bundan taşqari, Isroil rasmiylari Ğazoni keng kölamda qayta quriş HAMAS qurolsizlanişi va hudud boşqaruvi masalasi hal qilinişi bilan boğliqligini bildirmoqda.
Ammo bu yerda bir muhim tafovut bor. Bir tomonda Isroil 91 mingdan ortiq çodir va minglab yuk maşinalaridagi yordam Ğazoga kiritilganini aytmoqda. Ikkinçi tomonda BMT Ğazoning özida çodir zaxirasi deyarli tugaganini, 26 mingdan ortiq oiladan zarar haqida murojaat kelganini va 150 mingdan ortiq çodir taşqarida kutib turganini bildirmoqda. Biroq bu yuklarning Ğazoga kirişi uçun Isroil ruxsati va çegara nazoratidan ötişi talab etiladi. Isroil tomoni bunday tekşiruvlarni xavfsizlik bilan izohlayapti, BMT esa ruxsatlar va kirişdagi çeklovlar zarur yordamning öz vaqtida yetib kelişiga tösqinlik qilayotganini ta’kidlamoqda.
Natijada çodirlar mavjud, yordam taşkilotlari ularni yetkazişga tayyor, ammo ularning muhtoj oilalarga yetib borişi hanuz murakkab jarayon bölib qolmoqda.
Ğazoda uç yilga yaqin davom etayotgan uruş odamlarni uyidan ayirdi. Endi esa ular boşpana deb bilgan çodirlar ham yomğirga doş berolmayapti. Göyo bu hududda insonlar uçun boşlarini qöyadigan xavfsiz joyning özi qolmagandek. Uruş tugaşini kutayotgan minglab oilalar esa har tongni yana bir sinov bilan qarşi olişda davom etmoqda.
Batafsil videoni QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
11 Noyabr