Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Turkiy dunyoga yagona alifbo kerak – Numan Kurtulmush

Jamiyat

image

Turkiy millatlarga yagona alifbo kerak. Bu haqda Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush 5 aprel kuni Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar – turkiy dunyoning porloq yulduzi: umumiy merosimiz, umumiy kelajagimiz” anjumanida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, turk dunyosining mushtarak alifboga ega bo‘lishi bu xalqlar o‘rtasidagi birlik va hamjihatlikni mustahkamlaydi.

“Turk dunyosi 300 million aholiga ega, O‘rta Osiyodan Onado‘ligacha, u yerdan Bolqon va Yevropagacha bo‘lgan keng geografiyada”, degan u.

Qurtulmushning qo‘shimcha qilishicha, urk dunyosi inson kuchi, salohiyati, yerosti va yerusti boyliklari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan bugungi kunda, ayniqsa, ko‘p markazli dunyo paydo bo‘ladigan bugungi sharoitda jahon siyosatida ko‘tarilgan yulduzlardan biri bo‘ladi.

“Umid qilamanki, har biringiz ta’lim olayotgan sohangizning yulduzi bo‘lib, yurtingizni, turk dunyosini va insoniyatni oldinga olib borasiz”, degan u yoshlarga murojaat qilib.

Qolaversa, Qurtulmush Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi nuqtaga chiqishiga ishonch bildirgan va ikki mamlakat munosabatlarini yana bir bor tasdiqlagan.

“Qozog‘istonda Ahmad Yassaviy va Xivada Yusuf Hamadoniyni ajratib turuvchi chegara yo‘q. Qirg‘izistondagi madaniy merosimizni, O‘zbekistondagi madaniy merosimizni, Tojikistondagi madaniy merosimizni ajratadigan masofa yo‘q”, degan Numan Qurtulmush.

Ma’lumot uchun, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Numan Kurtulmush bugun, 7 aprel kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Uchrashuv avvalida Turkiya parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bildirilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda, muvaffaqiyatli qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar ko‘paymoqda. Ikki davlat va xalqni yaqinlashtirishga qaratilgan muhim madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga, O‘zbekiston-Turkiya sherikligining yangi kun tartibini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni faollashtirishda, shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlarining ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bishkekdagi Turkiy davlatlar tashkiloti 11-sammitida turkiy davlatlarning umumiy alifbosi naqadar muhimligini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya alifbo Turkiy millatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing