IIV o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan olindi
Jamiyat
−
05 mart 2025 41870 1 daqiqa
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov ishdan olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
Rahmonovning ishdan olinish sababi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, u 2023 yil fevralda mazkur lavozimga tayinlangandi. Rahmonov avval Namangan va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ham xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025