Xorazmda noqonuniy valyutalar savdosini amalga oshirgan pulfurush ushlandi (video)
3-sahifa
−
13 iyul 2774 1 daqiqa
Xorazmda pulfurush 3800 AQSH dollarini ma’lum qiymatda noqonuniy tarzda o‘zbek so‘miga almashtirib berayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiariq tumani hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq holat aniqlangan.
Tadbir davomida Yangiariq tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan shaxs, Xonqa tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan tanishidan 3800 AQSH dollarini, har bir AQSH dollari uchun 12 ming so‘m hisobida, jami 45 million 600 ming so‘m pul mablag‘ini tanishining bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan paytida, ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan. Tezkor tadbir davomida pul mablag‘lari va boshqa ashyoviy dalillar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasiga (valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi