Zoyir Mirzayev ham qatordan qolmadi. U sportchilarga 70 mln so‘mgacha “pul sochdi”
Sport
−
04 noyabr 2023
7457Bugun, 4 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimi Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo hamda Para Osiyo o‘yinlari, shu bilan birgalikda boshqa xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdirlash marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ham ishtirok etgan.
Manbaga ko‘ra, turli sport turnirlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 24 nafar sportchiga viloyat hokimi tomonidan tashakkurnoma hamda 15 milliondan 70 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bergan.
QALAMPIR.UZ Toshkent viloyati hokimiyati bilan bog‘lanib, ushbu pullar byudjet mablag‘lari hisobidan ajratilganini aniqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati hokimi Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlarini topshirgandi. Undan avval esa Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov “qit’a Olimpiadasi” sovrindorlarini uy va qimmatbaho sovg‘alar bilan siylagandi.
LiveBarchasi