“Zoopark”da 3 yashar qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image
Onasi ayiq qafasiga uloqtirgan 3 yashar qiz qay ahvolda ekani ma’lum bo‘ldi north_east

Onasi ayiq qafasiga uloqtirgan 3 yashar qiz qay ahvolda ekani ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yashar qizini ayiq qafasiga uloqtirib yuborgandi. Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bolasini qafasga tashlagan ayol haqida ma’lumot berdi.

O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari — 1991 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Sergeli tumani “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini Obod ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.T. va uning 2018 yilda tug‘ilgan qizi, fuqaro Z.A. ekani, fuqaro Z.T. hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Yu.T.ga tegishli mazkur xonadonda 2 nafar farzandi bilan istiqomat qilib kelgani aniqlangan.

Fuqaro Z.T. bilan suhbat davomida poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, turmush o‘rtog‘i, 1990 yilda tug‘ilgan, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan fuqaro N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

Fuqaro Z.T. oilasi bilan muqaddam Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahallasida ijarada yashagan. Ajrim yoqasidagi mazkur oiladagi holat “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Yo‘ldosheva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor O.Ashurova tomonidan ko‘p bora o‘rganilgan, oilani yarashtirish choralari ko‘rilgan.

Fuqaro Z.T. 2021 yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan  qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2726

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing