Onasi ayiq qafasiga uloqtirgan 3 yashar qiz qay ahvolda ekani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Onasi ayiqning qafasiga uloqtirgan qizaloq tibbiyot xodimlari nazoratida qolmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan. 

“U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va  bosh miya chayqalishi kuzatilgan.  Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan  qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing