Zlatan Ibragimovich ishtirokida xayrlashuv o‘yini o‘tkaziladi
Sport
−
05 aprel
3112Shvetsiyalik afsonaviy hujumchi Zlatan Ibragimovich terma jamoasi safida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda Shvetsiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
8 iyun kuni o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan bo‘lib, o‘sha kuni Shvetsiya Serbiya bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin Ibragimovich uchun xayrlashuv bahsi bo‘ladi.
“Serbiyaga qarshi o‘yin kuzgi raqobatbardosh o‘yinlar oldidan muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Zlatan Ibragimovichni chiroyli kuzatib qo‘yish uchun arenani to‘ldiramiz. Siz buni o‘tkazib yubormasligingiz kerak”, deyiladi federatsiya xabarida.
Ma’lumot uchun, 42 yoshli Ibragimovich 2001-2023 yillar davomida Shvetsiya terma jamoasi safida umumiy 122 ta o‘yin o‘tkazib, 62 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. U faoliyati davomida Niderlandiya, Ispaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarida g‘olib bo‘lgan.
LiveBarchasi