Ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi (video)
Jamiyat
−
24 Iyul 2019 8045 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Haj safari bilan bog‘liq tashkiliy ishlar yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Masalan, ilgari hojilarimiz ikki yulduzli mehmonxonalarda turishgan bo‘lishsa, bu yili Madina shahridagi 5 yulduzli “Pullman zamzam” mehmonxonasi, Makka shahridagi 4 yulduzli “Abrojul Hidoya” mehmonxonasi ijaraga olindi.
Ziyoratchilar shu yilning 24 iyul — 3 avgust kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina hamda Nukus-Madina yo‘nalishlarida haj safariga kuzatiladilar va shu yo‘nalishlar bo‘yicha 17 avgust — 1 sentyabr kunlari mamlakatga qaytib keladilar.
Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari Ishchi guruhi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha attashesi hamkorligida tashkil etiladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr