Birinchi xonim – Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond nimalar bilan shug‘ullanadi?
Bu qiziq
−
23 aprel 2020
19122Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi karantin sabab qiyin ahvolga tushib qolgan 5 ming ayolga besh milliard so‘m miqdorida yordam pullarini ajratgani haqida xabar bergan edik.
Bugungacha mamlakat birinchi xonimining qanday ish bilan bandligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagandi. “Zamin” fondining rasmiy sahifasida qayd etilishicha, Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva ushbu fondning vasiylik kengashi raisi. Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori Lola Abduvohidovna Saidova esa vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari o‘laroq faoliyat yuritadi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Bogdanovich Novitskiy va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, bosh shifokor, tibbiyot fanlari doktori Abdumannop Abdumajidovich Abduqayumovni vasiylik kengashi a’zolari qatorida ko‘rish mumkin. Ushbu xalqaro jamoat fond direktori lavozimi Tamila Anvarovna Aliyevaga yuklatilgan.
“Zamin” xalqaro jamoat fondining moliyalashtirish manbalari:
• Xalqaro tashkilotlar grantlari;
• Xalqaro va mahalliy tashkilotlarning xayriya mablag‘lari;
• Jismoniy shaxslarning xayriyalari.
“Bizning asosiy maqsadimiz - mamlakatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish va aholi turmush darajasini oshirish”, deyiladi fond rasmiy sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi. U uch farzandning onasi, besh nabiraning buvisi.
LiveBarchasi