Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun dasturini boshladi

Jamiyat

image

“Zamin” fondi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya (jarrohlik yo‘li bilan elektron protez o‘rnatish) dasturini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda fondning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Endilikda bu muolaja har yili 30 nafar bolaga qo‘llaniladi. Ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashxis jarayoni boshlanib, dastlabki 10 nafar o‘quvchi saralab olinmoqda.

Tekshiruvlar audiolog, psixonevrolog, surdopedagog, otolaringolog, psixiatr va boshqa mutaxassislardan iborat guruh tomonidan amalga oshiriladi. Bolalarning yoshi, eshitish moslamasidan foydalanish tajribasi va postlingval asoratlar inobatga olinadi.

Saralab olingan bolalar maxsus tayyorgarlik, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqichlaridan o‘tadilar.

Avvalroq, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva muntazam ravishda o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib borilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ziroat Mirziyoeva Zamin

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing