Zimbabvening amaldagi 80 yoshli Prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi

Olam

image

Zimbabveda bo‘lib o‘tgan saylovda amaldagi Prezident Emmerson Mnangagva ikkinchi muddatga qayta saylandi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarni sanab chiqish natijasida Mnangagva 52,6 foiz, uning asosiy raqibi Nelson Chamisa esa 44 foiz ovoz olgan. Chamisaning muxolifat partiyasi saylov natijalarini tegishli tekshiruvlarsiz shoshilinch ravishda chiqarilganini aytib, tan olmasligini bildirgan.

Joriy yilning 23 avgust kuni mamlakatda Prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ayrim saylov uchastkalarida tartib buzilish holatlari qayd etilgani sababli ovoz berish bir kunga uzaytirildi. Zimbabve prezidentligi uchun 11 nafar nomzod, jumladan, amaldagi davlat rahbari Mnangagva kurashdi.

Emmerson Mnangagva 2017 yilda harbiy to‘ntarish oqibatida Zimbabveni egallab olgandi. Bir yil o‘tgach, u prezidentlik saylovlarida Nelson Chamisani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. O‘shanda muxolifatchi hokimiyatni soxtalashtirishda ham ayblab chiqqan. Ma’lumot uchun, Mnangagva hozirda 80 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Zimbabve Emmerson Mnangagva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing