Zimbabve Prezidentining vertolyoti quladi
Olam
−
17 Sentabr
14099Zimbabve Prezidenti Emmerson Mnangagvani olib uchishi kerak bo‘lgan vertolyot parvozidan ko‘p o‘tmay yerga quladi. Bu haqda ZBC telekanali mamlakat Axborot vaziri Jenfana Musverega tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 sentyabrida (shu kuni Prezidentning tug‘ilgan kuni bo‘lgan) mamlakat janubida, qadimgi Munumutapa imperiyasiga bag‘ishlangan bayram kuni yuz bergan. Avariya paytida vertolyot bortida Prezident bo‘lmagan, ekipaj a’zolari tirik qolgan.
Marosimga Prezident Emmerson Mnangagva va rafiqasi Oksiliya, vitse-prezident Kembo Moxadi, Mudofaa vaziri Oppa Muchinguri-Kashiri va boshqa yuqori martabali shaxslar tashrif buyurgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotning qulashi texnik nosozlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zimbabve fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyada jangovar-o‘quv samolyoti qulab tushib, uchuvchilar esa halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi