Zimbabveda parom cho‘kib ketdi. 72 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
15:41 387 1 daqiqa
Zimbabveda parom halokati oqibatida 72 kishi vafot etdi. Bu haqda kecha, 15 avgust kuni mahalliy politsiyaga tayanib, ZBC telekanali xabar berdi.
Dastlab telekanal 68 nafar qurbon haqida ma’lumot e’lon qilgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Bortda bo‘lgan odamlarning aniq soni hozircha aniqlanmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, paromda 160 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob ishlari bolalarni ota-onalari hamrohligida chiptasiz bortga kiritishga ruxsat berilgani sababli murakkablashmoqda.
Parom Kariba suv omborida kuchli shamol va baland to‘lqinlar sababli ag‘darilib ketgan. Hodisa yuz bergan hududda suv havzasining chuqurligi 50 metrdan oshadi.
Qutqaruvchilarga 77 kishini qutqarib olish muvaffaq bo‘lgan. Hozirda bedarak yo‘qolganlarni qidirish va halok bo‘lganlarning yakuniy soniga aniqlik kiritish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Mug‘la viloyati Fethiye tumani yaqinida sayyohlik kemasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda bortdagi 115 nafar kishi evakuatsiya qilingan.
Live
Barchasi