Filippinda 134 nafar yo‘lovchisi bor parom yonib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Filippinning Palavan provinsiyasida paromda yong‘in chiqishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Filippin Sohil qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 9 sentyabr kuni kechqurun MV June Aster paromida Koron munitsipaliteti qirg‘og‘idan taxminan 2,2 kilometr uzoqlikda bo‘lganida sodir bo‘lgan. Kema Maniladagi Baseko hududidan yo‘lga chiqib, Koron tomon ketayotgan bo‘lgan.

Kema ro‘yxatida jami 134 kishi, jumladan, 117 ta yo‘lovchi va 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Sohil qo‘riqlash xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 42 kishi, jumladan, 38 ta yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan.

Sohil qo‘riqlash xizmati tarqatgan kadrlarda paromning alanga ichida qolgani, qutqaruvchilar esa halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus qoplarga solib, qirg‘oqqa olib chiqayotgani aks etgan.

Sohil qo‘riqlash xizmati kapitani Noemi Kayabyabning aytishicha, hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqarilgan 42 kishi va halok bo‘lganlar hisobga olingach, 87 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Uning qayd etishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar soni o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bali qirg‘oqlari yaqinida bortida yuzdan ortiq yo‘lovchi, o‘nlab avtomobil va mototsikllar bo‘lgan parom yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing