Filippinda paromdagi yong‘in qurbonlari soni 35 kishiga yetdi
Olam
−
14:36 234 1 daqiqa
Avvalroq, Filippinning Palavan provinsiyasida paromda yong‘in chiqishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lib, 87 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi, 43 nafar yo‘lovchi tirik holda topildi. Bu haqda Filippin Sohil qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, parom bortida jami 132 kishi bo‘lgan. Avvalroq esa yo‘lovchilar soni 134 nafar ekani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 54 kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Tirik qolgan yo‘lovchilar yong‘in boshlanishidan oldin kuchli portlash ovozini eshitganini aytgan. Hodisa Filippinning g‘arbiy qismidagi Palavan provinsiyasida joriy yilning 9 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:45 atrofida Koron shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Qutqaruvchilar qalin tutun va kuchli issiqlik sababli parom bortiga darhol chiqa olmagan. Ular kecha, 11 sentyabr kuni kemani tekshirishga muvaffaq bo‘lgan va 30 kishining jasadini topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bali qirg‘oqlari yaqinida bortida 100 dan ortiq yo‘lovchi, o‘nlab avtomobil va mototsikllar bo‘lgan parom yonib ketgan edi.
Live
Barchasi