Zilzila qurbonlari soni 40 mingga yaqinlashdi
Olam
−
18 fevral 2023
4493So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 39 672 nafarni tashkil qilgan. 108 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu xabar berdi.
Shuningdek, tabiiy ofat paytida qulagan 20 mingdan ortiq bino o‘rnida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Hozirgacha qidiruv-qutqaruv ishlari katta qismi yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Buning ortidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezilgan edi.
Shuningdek, 17 fevral kuni Turkiyaning Hatay viloyatida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
LiveBarchasi