Turkiyada yana zilzila yuz berdi
Olam
−
17 fevral 2023 48900 1 daqiqa
Joriy yilning 17 fevral kuni Turkiyaning Hatay viloyatida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epimarkazi Hatayning Arsuz shahridan 6 kilometr uzoqlikda O‘rta-yer dengizida bo‘lgan.
“Anadolu” agentligiga ko‘ra, Hatay gubernatori Rahmi Do‘g‘an, yer qimirlashidan keyin noxush hodisa, jumladan, binolarga zarar yetkazilishi haqida hech qanday axborot olmagan.
“Guruhlarimiz hududni tekshirishda davom etmoqda”, deydi gubernator.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni epimarkazi Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila (7,7 va 7,6 magnitudali) oqibatida Hatay viloyati ham jiddiy zarar ko‘rgan edi.
Umida Muxtorbekova
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28