Izmir zilziladan qancha zarar ko‘rgani ochiqlandi
Olam
−
01 Noyabr 2020 8561 1 daqiqa
Izmirda yuz bergan vayronkor zilzila natijasida 40 dan ortiq ko‘p qavatli binolar butkul quladi va foydalanish uchun yaroqsiz holga keldi. Bu haqda Turkiyaning Shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murat Kurum ma’lum qildi.
“Zilziladan keyin 2234 ta bino tekshirildi. 41 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, 1041 ta bino qisman zarar ko‘rgan”, degan Kurum jurnalistlarga.
U uyi yaroqsiz holga kelgan fuqarolarga 30 ming lira (3,6 ming dollar) miqdorida, halok bo‘lganlarning qarindoshlariga 10 ming lira (1,2 ming dollar) kompensatsiya to‘lanishini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligining ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 nafarga yetdi, jabrlanganlar esa 949 nafarga.
Qutqaruvchilar Izmirda vayron bo‘lgan sakkizta binoda qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiryapti.
Eslatib o‘tamiz, Egey dengizidagi 6,7 balli zilzila eng ko‘p Izmirga talafot yetkazdi. Tabiiy ofatdan Gretsiyaning Samos oroli ham zarar ko‘rdi. Shuningdek, silkinish Afina va Istanbul shaharlarida ham sezildi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr