Zilzilaning ilk ta’siri. Turk lirasi “quladi”
Olam
−
30 Oktabr 2020
11757Avval xabar berganimizdek, bugun Turkiyada vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Izmir yaqinida ro‘y bergan ushbu tabiiy ofat oqibatida turk valyutasi quladi va yangi antirekord qayd etildi. Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 17:49 holatiga ko‘ra, 1 dollar 8,379 liraga yetdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida kamida o‘nta uy vayron bo‘lgan va bitta ko‘p qavatli bino qulab tushgan. Halok bo‘lganlar va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q. Gretsiyada ham silkinishlar qayd etilgan.
Amerika valyutasi turk lirasiga nisbatan foizdan oshib ketdi. Bu avgust oyidan beri kuzatilgan eng katta qulash bo‘ldi.
Umuman olganda, liraning tushishi ketma-ket o‘ninchi haftada davom etmoqda. So‘nggi paytlarda mahalliy markaziy bankning harakatlari salbiy omilga aylandi, bu esa asosiy stavkani past darajada ushlab turayotgan edi.
LiveBarchasi