“Jusan” da olib kelingan 14 nafar shaxs ustidan sud boshlandi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur Sultonda Suriyadan qaytgan 14  nafar qozog‘istonlikning ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda. 

Ularning barchasi Qozog‘istonda taqiqlangan ISHID terrorchilik tashkiloti tarafdorlari sifatida sodir etilgan og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. 

Ish materiallariga ko‘ra, sudlanuvchilar "Jusan" maxsus operatsiyasi paytida o‘z Vatanlariga qaytarilgan. Taxminlarga ko‘ra, ular "ISHID" terrorchilik tashkiloti safida bo‘lgan.

Nashrning xabar berishicha, qozog‘istonliklar terrorchilik faoliyatida ayblanmoqda va ular terrorchilik harakatini yollash va tashviqot bilan shug‘ullangan. Sudlanuvchilardan biri hozirda kasalxonada yotoqda. U videokonferensiyalar orqali ushbu jarayon ishtirokchisi bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, bir necha bosqichda o‘tkazilgan "Jusan" maxsus operatsiyasi davomida 595 qozog‘istonlik qaytarilgan. Ularning 400 dan ortig‘i voyaga yetmaganlardir.

Hozirda 10 nafar erkak va 5 ayol terrorchilik tashkilotida qatnashgani uchun turli muddatlarga hukm qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonda 14 nafar ishidchi

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing