Qozog‘istonda hokimlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Olam
−
05 noyabr 2023
4395Bugun, 5 noyabr kuni Qozog‘istonda sinov rejimida 45 ta tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlari (akimlari) saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
“Ovoz berish ertalab soat 07:00 da, Jambil va Turkiston viloyatlaridagi uchta saylov uchastkasida esa undan ham ertaroq — soat 06:00 dan boshlandi”, deyiladi xabarda.
Saylovchilar ro‘yxatiga 1 million 62 ming 327 nafar fuqaro kiritilgan. 45 ta tuman va viloyat ahamiyatidagi shaharlar rahbarlari lavozimiga 249 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Barcha nomzodlarning 63 foizdan ortig‘i o‘zini-o‘zi ko‘rsatish huquqidan foydalangan. Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan barcha yetti siyosiy partiya ham saylovda o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.
Saylov uchastkalarida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00da yakunlanadi. Hududiy saylov komissiyalari saylov kunidan boshlab uch kun ichida saylov natijalarini chiqarishi shart. Raqobatchilaridan ko‘proq ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
LiveBarchasi