Jurnalistga hujum qilgan tuman rahbariga nisbatan jinoiy ish ochildi
Olam
−
29 may 2019
16520Xakasiya Respublikasi Shira tumani hokimi Sergey Zaysev jurnalist bilan yuz bergan voqeadan keyin lavozimini tark etishi kerak bo‘lyapti. Bu haqda Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.
TASSning yozishicha, Valentin Matviyenko amaldorga nisbatan “eng qattiq choralar”ni qo‘llashni taklif qildi.
Federatsiyalar kengashi a’zosi Aleksey Pushkov o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu hol barcha amaldorlar uchun belgi ekanini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, OAV vakilining har qanday savoliga ham bu tarzda reaksiya bildirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, Shira tumani hokimi kabinetiga kelib, yong‘indan keyin yangi uylar qurilishiga byudjet mablag‘larining ishlatilishi bo‘yicha savol bergan “Rossiya 24” telekanali jurnalisti Ivan Litominga hujum qildi.
Sergey Zaysevga nisbatan jurnalistga qilgan qo‘polligi yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Shuningdek, uning taxminiy korrupsion harakatlari ham tekshiruv ob’ektiga aylandi.
LiveBarchasi