Jurnalist va operator kaltaklanishi yuzasidan jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 14 avgust kuni Zo'rTV muxbiri va operatori kaltaklangani haqida xabar bergandik. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea yuzasidan IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gap shundaki, telekanal jurnalisti va operatori joriy yilning 12 avgust kuni aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushishi sabablarini o‘rganishga borgan. Jarayon davomida unga korxona ish boshqaruvchisi N.E. keskin qarshilik ko‘rsatib, telekanal xodimlarini jarohatlagan hamda texnik buyumlarga shikast yetkazgan.

Keyinchalik N.E. Mehnat kodeksining tegishli moddalari bilan ishdan olindi.

Ushbu holatdan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bu qilmishni keskin qoralab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Zo'rTV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing