Jurnalist va blogerlarni eshitishga majburmiz – Prezident

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar forumida ishtirok etdi. Davlat rahbari anjumanda yoshlarga murojaat yo‘lladi.

Prezident nutqi davomida oilaviy ajrimlar va OAVning jamiyatdagi o‘rni masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bugun men aytib o‘tgan oilaviy ajrimlar, ma’naviyat, ma’rifat, internet bo‘yicha muammolar ko‘p. O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q.

Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtai nazaridan kimgadir yoqmaydi.

Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat.

Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz. To‘g‘risini eshitib, xulosa chiqaramiz, noto‘g‘risini to‘g‘ri yo‘lga solish — burchimiz, vazifamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining yoshlarga murojaati kenga qamrovli bo‘lib, unda ilm-fanni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassalariga yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalar uchun maxsus Prezident granti joriy qilinishini ma’lum qildi.

Shuningdek, yoshlarning g‘oyalarini amalga oshirishi uchun mablag‘ ajratilishi ham aytib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing