Jurnalist Saodat G‘oipova vafot etdi
Jamiyat
−
29 iyun 2020 12976 2 daqiqa
O‘zbekistonlik jurnalist, “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Saodat G‘oipova 48 yoshida vafot etdi.
Saodat G‘oipova 1972 yilning 7 yanvar kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida tavallud topgan.
U jurnalistik faoliyatini 1993 yilda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida boshlagan edi.
1990-1991 yillarda - Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani komsomol komiteti xodimi;
1993-1994 yillarda - “O‘zbekiston ovozi” gazetasida mashinistkasi;
1994-1995 yillarda - “Oila va jamiyat” gazetasida kotiba-mashinistkasi, muxbiri;
1995-1998 yillarda - “Iqtisod va hisobot” – “Ekonomika i statistika” jurnallari tahririyatida kadrlarni hisobga olish sektor mudirasi va kotiba;
2000 -2003 yillarda - “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” tahririyatida o‘zbek nashri bo‘yicha maxsus muxbir;
2003-2007 yillarda - “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” tahririyatida o‘zbek nashri bo‘yicha bo‘lim muharriri;
2007-2010 yillarda - “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” tahririyatida o‘zbek nashri bo‘yicha mas’ul kotib;
2010-2018 yillarda - “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” tahririyatida o‘zbek nashri bo‘yicha bo‘lim muharriri;
2018 dan bugungacha “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2011 yil “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025