Mirziyoyev Shri-Lanka Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganmizdek, bugun, 21 aprel kuni Shri-Lanka poytaxti Kolombo va Negombo, Battikaloa shaharlarida 6 ta portlagsh sodir etildi. Qurbonlar soni 185 nafarni, jarohatlanganlar 500 kishini tashkil etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lankada yuz bergan portlashlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Maytripala Sirisenaga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz,  terakt deb aytilayotgan portlashlar mamlakat poytaxti Kolombo shahri markazidagi “Shangri-La”, “Sinnamon Grand” va Kingsberi mehmonxonalarida, katolik cherkovida sodir etilgan. Qolaversa, portlashlarning yana ikkitasi ayni shu vaqtda  poytaxt yaqin Negombo va Battikaloa shaharlaridagi cherkovlarda amalga oshirilgan.

Qayd etishlaricha, portlashlar sodir etilgan vaqtda ibodatxonalarda pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ta'ziya Shri-Lanka

Baholaganlar

11

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing