Kurs UZS

USD

12 960.38

-6

EUR

14 152.73

-61.02

RUB

151.92

1.69

Jurnalist Marat Asadullayev vafot etdi

Jamiyat

image

Taniqli telejurnalist Marat Asadullayev 75 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Marat Asadullayev 1950 yilning 13 fevralida Toshkent shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. 1968-1974 yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy Universitetida tahsil olgan. Dastlab teatrda ish boshlagan Marat Asadullayev 1971 yildan boshlab faoliyatini televideniyeda davom ettirgan. U karerasini rejissyor assisentligidan boshlagan va bosh muharrir darajasiga yetgan. 

2002 yilda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Toshkent telekanalidan “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi” nomli serial efirga uzatilgan. Loyiha katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Uning muallifi Marat Asadullayev bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi Shodmon Otabek 79 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jurnalist Marat Asadullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing