Jurnalist va yozuvchi Boris Golender vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli tarixchi, o‘lkashunos, jurnalist va yozuvchi Boris Golender 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent tarixiga doir publitsistik maqolalari, poytaxtning tarixiy obidalari, madaniy  asrash yo‘lidagi fidoyiligi uchun Boris Anatolevichni “Eski Toshkentning posboni” deb atashgan.

Boris Golender 1947 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. U butun umrini tarix va o‘lkashunoslik bilan bog‘lagan. O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan 100 dan ortiq kitob va maqolalar, shuningdek, sayyohlik qo‘llanmalarining muallifidir.

Uning 2007 yilda nashr etilgan “Mening janob toshkentliklarim” kitobi o‘lkashunoslar o‘rtasida juda ommalashgan bo‘lib, bu kitob turli davrlarda yashagan shahar aholisi – allomalar, shoirlar, mashhur tijorat vakillari, matbuot ahli va aktyorlargacha – barchasi haqida hikoya qiladi. Bir necha oy avval u o‘zining “Ulfat: O‘zbekiston naqshlari” kitobini yakunlagan edi.

Boris Golender uzoq yillar davomida Toshkentdagi Sergey Yesenin uy-muzeyida ishlagan, u yerda ma’ruzalar o‘qigan. Uning mehnati tufayli poytaxtning ko‘plab aholisi va mehmonlari shaharni yangicha nigoh bilan kashf etgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif 77 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Jurnalist yozuvchi Boris Golender

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing